
Pore va Sen-Deni jangi bekor qilindimi?
Engil vazn toifasidagi UFC vakili Dastin Pore(28-9) Benua Sen-Deni(13-1)ga qarshi 9 mart kuni "UFC 299" doirasida Mayamida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jangi bekor qilingani haqida xabar berdi:
"Mening jangim bekor qilindi, lekin men hali ham mashg‘ulotlarni davom ettiryapman", – deb yozgan edi jangchi ijtimoiy tarmoqlarida.
E’tiborlisi, keyinroq Sen-Deni "UFC 299" musobaqasida qatnashishini aytdi:
“Yigitlar, xotirjam bo‘ling. "UFC 299" ga oz qolmoqda." Shundan so‘ng, taniqli jurnalist va insayder Brett Okamoto tomonlar kelishuvga erisha olmaganini ta’kidladi.
Fikrlar